Oʻzbekistonda uy-joy narxlari haqiqiy qiymatidan 17 foizga qimmat
2024-yilda uy-joy bozoridagi narxlar oʻsishi toʻxtaganiga qaramay, narxlar hali ham oʻzining haqiqiy qiymatidan oʻrtacha 17 foizga yuqori boʻlib qolmoqda. Bu haqida Markaziy bankning soʻnggi tahlillari keltirilgan “Moliyaviy barqarorlik sharhi”da maʼlum qilindi.
Unda aytilishicha, 2024-yilda uy-joylarning bozor narxi fundamental narxiga nisbatan 17 foizga yuqori shakllangan. Shuningdek, koʻchmas mulk bozorida faollik pasaygan. Banklar tomonidan ipoteka kredit ajratish standartlari esa qatʼiylashgan.
Bu holat aholining haqiqiy daromadlari va kredit shartlariga nisbatan uylar hali ham juda qimmat ekanidan dalolat beradi.
Maʼlumot uchun, 2023-yilda uy narxlari 18,2 foizga oshgan boʻlsa, 2024-yilda bu oʻsish ancha sekinlashgan. Bu ayniqsa ipoteka shartlarining ogʻirlashgani va bozorda real narxlar shakllana boshlashi bilan bogʻliq. Ipoteka foizlarining oʻsishi, toʻlov muddatining qisqarishi natijasida aholining qarz toʻlash imkoniyati ham kamayib borgan.
Oʻtgan yili oʻrtacha ish haqi 17,8 foizga oʻsgan boʻlsa, ipoteka toʻlovlari 44 foizga koʻtarilgan. Shu tufayli odamlarning uy xarid qilish qobiliyati 27 foizgacha pasaygan.
2024-yil davomida 329 mingta uy sotilgan boʻlib, bu koʻrsatkich 2023-yilgiga nisbatan 2,2 foizga kam. Ipoteka kreditlari hajmi 17,1 trillion soʻmni tashkil etgan va uning 92 foizi uy sotib olishga yoʻnaltirilgan.
Ipoteka kreditlarining oʻrtacha miqdori 291 million soʻmni tashkil etgan. Bu 2023-yilga nisbatan 18 foizga koʻpdir. Kredit foiz stavkalari oʻrtacha 0,5 foizga oshib, 19,8 foizni tashkil qilgan.
Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, talabning pasayishi va kredit shartlarining ogʻirlashishi banklar uchun ham tavakkalchilikni kamaytiradi. Moliyaviy barqarorlikka taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan xatarlar saqlanib qolmoqda. Bunday xatarlar qatoriga tashqi moliyalashtirish manbalarning qimmatlashuvi, uy-joylar narxlarining ortiqcha baholanishi, mikroqarzlarning yuqori surʼatlarda oʻsishi hamda kiberhujumlarning ortib borishini kiritish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring