Oʻzbekistonda seysmik zaif bino-inshootlar soni maʼlum qilindi
“Shaharsozlik renovatsiyasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida eʼlon qilindi.
Hujjatga koʻra, bugungi kunda turar va noturar joy obyektlarining energotejamkorligini oshirish, yashil hududlarni koʻpaytirish, shaharlarning tashqi arxitekturaviy qiyofasini yangilash, avariya holatidagi va eskirgan obyektlarni buzish, qayta qurish jarayonlari hamda mulkdorlarning huquqlari himoyasini huquqiy jihatdan toʻgʻri tartibga solish maqsadga muvofiq.
Maʼlumot uchun, ayni paytda respublikada 42 mingga yaqin koʻp kvartirali uylar mavjud boʻlib, ularning 30 795 tasi (73 foiz) 1991-yilgacha qurilgan, shundan 1032 tasi instrumental texnik koʻrikdan oʻtkazish talab etiladigan, 223 tasi seysmik zaif bino-inshootlar ekanligi aniqlangan.
Shu bois, renovatsiya asosida uy-joy fondi obyektlarini meʼmoriy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan yangilash (renovatsiya qilish) zaruriyati yuzaga kelmoqda, deyiladi loyihada.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring