Oʻzbekistonda oʻzini oʻzi band qilganlar soni 4,3 milliondan oshdi. Ularning aksariyati qaysi sohadaligi ham maʼlum

Oʻzbekiston Davlat soliq xizmati maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil 1-dekabr holatiga oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar soni 4,3 million nafardan oshdi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 79,8 foizga oʻsib, 1,9 million nafarga ortganini koʻrsatadi. Ushbu koʻrsatkich mamlakatda kichik biznes va oʻzini band qilish tizimi samaradorligining ortib borayotganidan darak beradi.
Oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar orasida erkaklar ulushi 58 foizni, ayollar ulushi esa 42 foizni tashkil etmoqda. Oʻsish koʻrsatkichi boʻyicha bir qancha sohalarda sezilarli natijalar qayd etilgan. Maishiy xizmatlar sohasida oʻtgan yilga nisbatan 116,6 foiz oʻsish kuzatilib, koʻrsatkich 850,8 ming nafardan 1,8 million nafarga yetgan.
Xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish yoʻnalishida oʻzini oʻzi band qilganlar soni ham ikki barobardan koʻproqqa oʻsdi. 2023-yilda bu koʻrsatkich 203,7 ming nafar boʻlgan boʻlsa, 2024-yilda 409,1 ming nafarga yetgan. Axborot-kommunikatsiya yoʻnalishi ham katta oʻsishga erishdi: oʻtgan yilgi 60,5 ming nafardan 115,6 ming nafarga yetib, 91,1 foiz oʻsish kuzatildi.
Hududlar kesimida oʻzini oʻzi band qilganlar soni eng koʻp Samarqand viloyatida qayd etilgan boʻlib, bu koʻrsatkich 498,4 ming nafarni tashkil etgan. Keyingi oʻrinlarda Qashqadaryo viloyati (433,1 ming) va Toshkent viloyati (427,9 ming) joylashgan. Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida koʻrsatkich bir xil boʻlib, har birida 387,7 ming nafar oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar qayd etilgan.
Oʻzini oʻzi band qilish dinamikasi qishloq xoʻjaligi, ijtimoiy xizmatlar va sanoat yoʻnalishlarida ham sezilarli oʻsishni koʻrsatmoqda. Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida xizmat koʻrsatganlar soni 52,8 foiz oʻsib, 1,08 million nafarga yetdi. Sanoat xizmatlari koʻrsatkichlari esa 48,4 foiz oʻsib, 408,8 ming nafarni tashkil qildi.
Shuningdek, yoʻlovchi tashish faoliyati boʻyicha ham oʻzini oʻzi band qilganlar soni yuqori boʻlib, 668,1 ming nafar fuqarolar bu sohada ishlamoqda. Ushbu koʻrsatkichlardan 409,7 ming nafari aynan 2024-yil davomida roʻyxatdan oʻtgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring