Oʻzbekistonda “MINEX Central Asia 2025” xalqaro forumi oʻtkaziladi

14:25 30 May 2025 Jamiyat
25 0

Joriy yilning 24–26-iyun kunlari Markaziy Osiyodagi eng yetakchi soha tadbirlaridan biri “MINEX Central Asia 2025” xalqaro forumi oʻtkaziladi. Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati (OʻzTMK) mezbonligida tashkil etilayotgan ushbu tadbir kritik minerallar boʻyicha global masalalarga qaratilgan.

Bugungi kunda dunyoda texnologik metallarga boʻlgan talab keskin oshib bormoqda. Bu talab esa Oʻzbekistonning strategik zahiralarini dunyo diqqat markaziga chiqarmoqda. “MINEX Central Asia 2025” forumi aynan shu murakkab va masʼuliyatli davrda mintaqaning yetuk salohiyatini namoyon etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va barqaror yechimlar ishlab chiqish uchun muhim maydonga aylanadi.

Forumda Markaziy Osiyo, Yevropa, Buyuk Britaniya, AQSH, Ozarbayjon, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya va Kanada kabi davlatlardan nufuzli kompaniya vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

“MINEX Central Asia 2025” doirasida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:

— Nodir metallar boʻyicha ishlab chiqarishdan to qayta ishlashgacha boʻlgan barqaror taʼminot zanjirlarini yaratish;

— Mintaqaviy strategik sheriklik va sarmoyaviy ishonch muhitini shakllantirish;

— ESG standartlari va barqaror konchilik amaliyoti;

— Qayta ishlash, raqamlashtirish va innovatsiyalar;

— Ilmiy hamkorlik va kadrlar salohiyatini rivojlantirish;

— Global taʼminot zanjirlariga integratsiya va tashqi investorlar ishtirokidagi yuqori texnologik loyihalarni targʻib qilish.

“MINEX Central Asia 2025” nafaqat xalqaro miqyosdagi professionallar, balki Oʻzbekistonning oʻz taraqqiyot modelini xalqaro maydonga olib chiqishga intiluvchi barcha mutaxassislar uchun muhim platformaga aylanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер