Oʻzbekistonda milliy qayta sugʻurta kompaniyasi tashkil etiladi
Illyustrativ foto
Prezidentning tegishli qarori bilan “Oʻzbekiston qayta sugʻurta kompaniyasi” nomli milliy qayta sugʻurta tashkiloti tuziladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Qaror bilan qayta sugʻurta tizimini 2025-yilda yanada takomillashtirishning asosiy maqsadlari belgilandi. Unda milliy qayta sugʻurta bozori hajmini 4 trillion soʻmga yetkazish, qayta sugʻurta xizmatlari eksportini kamida 30 foizga oshirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish va qayta sugʻurta sohasiga jalb qilinadigan investitsiyalar hajmini 150,0 milliard soʻmgacha koʻtarish reja qilingan.
Shuningdek, tashkil etiladigan milliy qayta sugʻurta kompaniyasining asosiy faoliyat yoʻnalishlari ham aniqlashtirildi. Bunda sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq barcha qayta sugʻurta qilish turlarini amalga oshirish koʻzda tutilgan.
Bundan tashqari, xorijiy va mahalliy investorlarning respublika iqtisodiyotiga kiritadigan toʻgʻridan-toʻgʻri va portfel investitsiyalarining hamda investitsiya loyihalari boʻyicha tavakkalchiliklarning kompleks qayta sugʻurta himoyasini taʼminlanadi.
Maʼlumot uchun, qayta sugʻurta sugʻurta kompaniyasining oʻz zimmasidagi katta xavf yoki moliyaviy yoʻqotish ehtimolini kamaytirish uchun, boshqa bir sugʻurta kompaniyasiga (qayta sugʻurta tashkilotiga) oʻz majburiyatining bir qismini topshirish jarayonidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring