Oʻzbekistonda mahsulot sifati ustidan nazorat kuchaymoqda
Foto: Davronbek Ernazarov/“Xalq soʻzi”
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Ilmiy sinov va sifat nazorati markazi 2025-yilning birinchi yarim yilligida faoliyatini sezilarli kengaytirdi.
Markazda 608 nafar xodim ishlaydi, shundan 184 nafari ayollar. Bugungi kunda 16 ta hududiy filial, 20 ta akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriya va 7 ta sertifikatlashtirish idorasi faoliyat yuritmoqda.
Yarim yillikda 9 mlrd soʻmlik 352 ta zamonaviy oʻlchash vositasi xarid qilinib, 1 105 ta sinov koʻrsatkichi boʻyicha akkreditatsiya sohasi kengaytirildi. Toshkent, Fargʻona, Jizzax va Namangan filiallarida yangi laboratoriyalar tashkil etilmoqda.
Markaz Xitoy, Rossiya va Chexiya sinov markazlari bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi. Chexiyada “Conformity Assessment Center” filiali ochildi, shuningdek Yevropa Ittifoqi elektrotexnika tizimida aʼzolik uchun ariza yuborildi.
Shu davrda 60 ming dollardan ortiq muzlatkich va sovutgichlar, 4 turdagi lift, shuningdek goʻsht-kolbasa, sut va yogʻ mahsulotlarida aniqlangan 40 ta falsifikat holati isteʼmolchilarga yetib bormasdan toʻxtatildi.
Yilning birinchi yarmida 380 nafar xodim malakasini oshirdi, 15 nafar yosh mutaxassis ishga qabul qilindi.
Yil yakuniga qadar laboratoriyalarni yanada rivojlantirish, nomuvofiq mahsulotlarni bozorga chiqishidan oldin toʻxtatish va milliy mahsulotlarni Yevropa bozoriga olib chiqish asosiy maqsad etib belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Oston Oʻrunov Eron chempionatidagi eng qimmat futbolchiga aylandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring