Oʻzbekistonda kuchli sel kelish xavfi eʼlon qilindi

10:38 15 Mart 2022 Jamiyat
1029 0

Foto: Mirror

16-19-mart kunlari kutilayotgan kuchli yomgʻirlar yogʻishi sababli, respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel kelishi xavfi bor. Bu haqda Oʻzgidromet maʼlum qildi.

Xabarga koʻra:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrabot tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand. Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
  • Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Yuqori-Chirchiq tumanlarida;
  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
  • Fargʻona viloyati: Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati: Andijon, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel kelish xavfi eʼlon qilindi.

Togʻli va togʻoldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilar, shuningdek, chorva mollarini boquvchilardan ehtiyotkorlik choralari koʻrish soʻraladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?