Oʻzbekistonda “Kosmik faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi
Oʻzbekiston Respublikasida kosmik tadqiqotlarni rivojlantirish va mazkur sohadagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida “Kosmik faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Qonun Prezident tomonidan 2025-yil 13-yanvarda imzolanib, rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. Unda kosmik faoliyatning qonuniy asoslari belgilab berilgan boʻlib, ushbu yoʻnalishda davlat siyosati samaradorligini oshirish koʻzda tutilgan.
Mazkur Qonunda kosmik faoliyatning asosiy maqsadlari sifatida Oʻzbekistonning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qoʻshish, mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlash belgilangan. Shuningdek, kosmik tadqiqotlardan iqtisodiy, ekologik, ilmiy va axborot sohalarida foydalanish orqali mamlakatning turli sohalarini rivojlantirish nazarda tutilgan. Qonun kosmik tadqiqotlarning xalqaro hamkorlik doirasidagi samaradorligini ham oshirishga xizmat qiladi.
Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi mazkur sohada maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi. Vazirlar Mahkamasi esa kosmik faoliyat boʻyicha yagona davlat siyosatini amalga oshirishni taʼminlaydigan asosiy organ sifatida qayd etildi. Mudofaa vazirligi esa kosmik imkoniyatlardan mudofaa va xavfsizlik manfaatlarida foydalanish, shuningdek, harbiy kosmik texnologiyalarni yaratish ishlarini muvofiqlashtirish vazifasini bajaradi.
Qonunga muvofiq, kosmik tizimlarning bir necha turlari aniq belgilangan. Ular quyidagilardan iborat: Yerni masofadan zondlash, kosmik monitoring, davlat kosmik monitoringi, kosmik aloqa tizimi, yuqori aniqlikdagi sunʼiy yoʻldosh navigatsiya tizimi va boshqa ilmiy hamda tijorat maqsadidagi kosmik tizimlar. Bularning barchasi zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish imkonini beradi.
Qonunning qabul qilinishi Oʻzbekistonda kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish, davlat xavfsizligini mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish va iqtisodiyotni yuqori texnologik yechimlar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan. Mazkur hujjat kosmik tadqiqotlar sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun huquqiy asos yaratadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring