Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, professor Joʻra Teshaboyev 90 yoshida vafot etdi

18:12 03 Dekabr 2023 Jamiyat
377 0

Joʻra Teshaboyev kinoshunos, ssenariychi, sanʼatshunoslik fanlari doktori,  faoliyatida davomida 30 ga yaqin hujjatli kino, 2 ta  multfilmga ssenariy yozgan.

Yuqori faoliyatini sanʼatga baxshida etgan Joʻra Teshaboyev Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989), Sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor (1991) unvonlarini qoʻlga kiritgan.

Kinoshunoslik ilmining atoqli namoyondalaridan biri, milliy kino sanʼatimizning nazariy asoslarini keng koʻlamda ilmiy tadqiq etishga asos solgan taniqli olim edi.

“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati jamoasi marhumning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер