Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Aida Yunusova vafot etdi

21-yanvar kuni taniqli aktrisa, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Aida Yunusova 72 yoshda olamdan koʻz yumdi. Bu haqda “Oʻzbekkino“ xabar tarqatdi.
Aida Yunusova 1948-yilda Fargʻonaning Margʻilon shahrida tugʻilgan. 1970-yili teatr va rassomchilik institutining drama teatri va kino fakultetini tamomlagan. Talabaligining oxirgi kursida rejissyorlar eʼtiboriga tushib, kinoga taklif qilingan.
Aktrisa uzoq vaqt davomida turli rollar ijro etgan. Jumladan, “Ajoyib xayolparast”, “Chinor ostidagi duel”, “Olovli yoʻllar”, “Oltin kuz”, “Mehrigiyo”, “Zulmatni tark etib”, “Karvon”, “Anor”, “Birinchi yoʻlovchilar” kartinalarida qatnashdi.
Aktrisa sifatida 1989-yilgacha “Oʻzbekfilm”da faoliyat koʻrsatdi. Shundan soʻng kinoni tark etdi. Maʼlum tanaffusdan soʻng yana kinoga qaytdi va ekranda koʻrina boshladi. Aida Yunusova ogʻir xastalikni boshdan kechirgandi.
“Xalq soʻzi“ tahririyati marhumaning vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga chuqur taʼziya izhor qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring