Oʻzbekistonda kadrlarni tanlash va faoliyatini baholash boʻyicha ochiq tizim joriy etiladi

15:15 18 Yanvar 2021 Hujjatlar
2128 0

2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida»gi Prezident Farmoni loyihasi umumxalq muhokamasiga qoʻyildi.

Davlat fuqarolik xizmatida kadrlarni tanlash, ularning malakasini oshirish va faoliyatini baholash boʻyicha samarali va ochiq tizimni joriy etiladi. Mazkur vazifaning bajarish muddati 2021-yil 1-mart etib belgilangan.

Taqdim etiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi.

Loyihada:

kadrlarni tanlash va ishga qabul qilishda ularning intellektual salohiyatini, maʼnaviy fazilatlarini baholaydigan ochiq va oshkora tizimni joriy qilish;

korrupsiyaning oldini olish boʻyicha davlat xizmatchilarini muntazam oʻqitish va bilimini baholab borish tizimini joriy etish;

vazirlar va ularning oʻrinbosarlari faoliyatini joylarda, shu jumladan mahallalarda amalda qanday oʻzgarish boʻlganiga qarab baholab borish tizimini yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?