Oʻzbekistonda issiqlik elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish va “yashil iqtisodiyot”ga oʻtish jarayoni jadallashmoqda
Oʻzbekistonda energiya samaradorligini oshirish, “yashil transformatsiya” jarayonini amalga oshirish va atrof-muhit muhofazasini kuchaytirish maqsadida issiqlik elektr stansiyalarida eski va samarasiz qurilmalarni konservatsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bu jarayon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi boʻyicha Davlat dasturi hamda 2025-yil 27-fevraldagi “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq olib borilmoqda.
2025-2027-yillar davomida mamlakatda jami 3257 MVt quvvatga ega 23 ta qurilma ekspluatatsiyadan chiqariladi. Shundan 2617 MVt quvvatga ega 19 ta qurilma “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ korxonalari hissasiga toʻgʻri keladi.
Konservatsiya ishlari Sirdaryo, Tolimarjon, Angren, Yangi-Angren, Toshkent, Navoiy issiqlik elektr stansiyalari hamda Fargʻona issiqlik elektr markazida amalga oshiriladi. Bu chora-tadbirlar orqali eski texnologiyalar oʻrnini zamonaviy energiya tejamkor qurilmalar egallaydi, energiya resurslari tejaladi va atrof-muhitga salbiy taʼsir kamayadi.
Yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda
Yangi loyihalar doirasida:
Tolimarjon IES – 1065 MVt quvvatli uchinchi va toʻrtinchi bugʻ-gaz qurilmalari qurilishi yakunlanmoqda.
Navoiy IES – 650 MVt quvvatli uchinchi bugʻ-gaz qurilmasi bunyod etilmoqda.
Toshkent shahri – Sergeli va Yunusobod tumanlarida kogeneratsiya texnologiyalari asosida energiya samarador qurilmalar barpo etilmoqda. Shuningdek, Mirzo Ulugʻbek, Yangihayot, Uchtepa va Yashnobod tumanlarida ham kogeneratsiya qurilmalari qurilishi rejalashtirilgan.
Bu islohotlar energiya tejamkorligi, iqlim oʻzgarishiga moslashish, iqtisodiy oʻsishni qoʻllab-quvvatlash va aholi uchun barqaror energetika tizimini shakllantirishga zamin yaratadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring