Oʻzbekistonda havo harorati qachondan koʻtarilishi aytildi

14:44 03 Mart 2025 Jamiyat
182 0

Foto: Sirojiddin Vohidov / “Xalq so‘zi”

“Oʻzgidromet” agentligi ish haftasi davomida kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi. Unga koʻra, hafta oʻrtasidan boshlab havo harorati sezilarli darajada koʻtariladi.

Bugun, 3-mart kuni Oʻzbekiston hududining katta qismida qor yogʻishi davom etadi va havo harorati 0-5 daraja sovuq atrofida boʻladi. Kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida qor yogʻishi toʻxtaydi.

4-mart kuni barcha viloyatlarda yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Faqat respublikaning ayrim togʻli hududlarida biroz qor yogʻishi mumkin. Kechasi va ertalab hali ham sovuq antitsiklon taʼsiri saqlanib turadi, harorat 2-7 daraja sovuq atrofida boʻladi.

Kunduzi antitsiklon Oʻzbekiston hududidan asta-sekin chekina boshlaydi. Harorat 4-7 daraja iliqqacha koʻtariladi, ammo bu mart oyi boshi uchun meʼyordan nisbatan pastdir. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

5-6-mart kunlari Oʻzbekistonning barcha hududlari boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. 7-martda respublika boʻyicha baʼzi joylarda (Fargʻona vodiysidan tashqari) yana yomgʻir koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻlishi kutilmoqda.

Faqat mamlakatning shimolida – Ustyurtda va Orol boʻyi hududlarida yomgʻir qorga aylanishi mumkin. Hafta oʻrtasidan harorat jadal koʻtarila boshlaydi va 6-7- mart kunlariga kelib, kechalari 5-8 daraja iliqni, kunduz kunlari 14-17 daraja iliqni, janubda 20-22 daraja iliqni tashkil etadi.

3-mart va 7-mart kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер