Oʻzbekistonda har oyda milliy donorlik aksiyasi oʻtkaziladi
Illyustrativ foto
Joriy yilning 20-yanvar kuni Prezidentning “2026-2030-yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (PQ–19-son) qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2026-yil 1-yanvardan begʻaraz qon donorligi harakatini rivojlantirish maqsadida quyidagi tizim joriy etiladi:
• har oyda “Birga hayotni saqlaymiz” milliy donorlik aksiyasi oʻtkaziladi. Mazkur aksiya doirasida har oyning 1 haftasi mobaynida – qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida, har oyning 3 haftasi mobaynida – taʼlim, davolash va boshqa tashkilotlarda qon donorligi tashkil etiladi;
• Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimiga kiruvchi vazirlik, idora hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchilari va xodimlari oʻrtasida har yili 1 marotaba donorlik kunlari oʻtkaziladi;
• mehnat jamoalarida donorlik kunlarini oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi;
• umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasbiy hamda oliy taʼlim tashkilotlarida donorlik boʻyicha maʼnaviy-maʼrifiy tadbir va uchrashuvlar tashkil etiladi.
Shuningdek, tugʻruqda tibbiy yordam koʻrsatuvchi har bir muassasada qon va uning tarkibiy qismlari shoshilinch zaxirasi tashkil etilishi hamda uni qon va uning tarkibiy qismlari, jumladan, plazma va eritrotsitar massa zaxirasi bilan taʼminlanishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring