Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar soni 551 mingdan oshdi (+infografika)
Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar soni kundan kunga oshib bormoqda. Bu haqda “Fiskal tahlillar” portali xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2024-yil 1-oktyabr holatiga faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 551 ming 154 nafarga yetgan.
Taʼkidlash joizki, ushbu raqamlar 2024-yilning dastlabki 9 oyida 65 ming 370 taga koʻpaygan.
Yuridik shaxslar faoliyat turlari boʻyicha savdo eng yuqori koʻrsatgichga ega boʻlib, yuridik shaxslarning soni ushbu sektorda 144,1 mingtani tashkil etadi.
TOP-5 sohalar quyidagilar:
1) savdo – 144,1 mingta
2) qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi – 125 mingta
3) sanoat – 64,7 mingta
4) qurilish – 31,1 mingta
5) yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar – 27,9 mingta.

Maʼlumot uchun aytish mumkinki, 9 oy mobaynida bank operatsiyalarini amalga oshirmagan va soliq hisobotlarini taqdim etmagan tijorat tashkilotlari avtomatik nofaol holatga oʻtadi. Shu sababli ham ayrim yuridik shaxslar ushbu roʻyxatdan oʻchirilgan.
Avvalroq, Statistika agentligi chet el kapitali asosida ishlayotgan korxonalar sonini ochiqlagandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring