Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy korxonalarning soni qancha?

22:59 20 Fevral 2026 Iqtisodiyot
400 0

2026-yilning 1-fevral holatiga Oʻzbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 18 513 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar hududlar kesimida taqsimlanganda eng yaxshi koʻrsatkich Toshkent shahrida kuzatilib, poytaxtda 11 684 tani tashkil qilgan. Undan keyingi oʻrinlarda 2 467 ta korxona bilan Toshkent viloyati ikkinchi, 694 ta korxona bilan Samarqand viloyati uchinchi pogʻonada qayd etilgan.

Shuningdek, Fargʻona viloyatida 632 ta, Surxondaryo viloyatida 509 ta, Andijon viloyatida 435 ta, Buxoro viloyatida 379 ta, Navoiy viloyatida 310 ta, Sirdaryo viloyatida 288 ta, Namangan viloyatida 266 ta, Jizzax viloyatida 260 ta, Qoraqalpogʻiston Respublikasi 222 ta, Xorazm viloyatida 200 ta hamda Qashqadaryo viloyatida 167 ta chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar roʻyxatga olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер