Oʻzbekistonda “Eng yaxshi startap gʻoyasi” tanlovi oʻtkaziladi
Illyustrativ foto
Joriy yilning 11-fevral kuni Prezidentning “Startaplarni qoʻllab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–59-son qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, 2026/2027 oʻquv yilidan bosqichma-bosqich oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari hamda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 9–11-sinf oʻquvchilari uchun har oyda kamida 2 marotaba startap gʻoyalarni yaratishga oʻrgatuvchi “Mohirlik va biznes soati” tadbirlari oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyiladi. Bunda:
• oʻquvchilar oʻrtasida “Eng yaxshi startap gʻoyasi” tanlovi oʻtkaziladi, tuman darajasidagi gʻoliblarga 5 mln soʻmgacha, viloyat darajasida – 10 mln soʻmgacha miqdorda mukofot beriladi;
• loyihalar har chorakda oʻquvchilarning ota-onalari, biznes va ilmiy hamjamiyat vakillariga taqdimot qilinadi;
• marketpleyslar bilan hamkorlik oʻrnatib, taʼlim tashkilotlarida yaratilgan mahsulotlarni sotish yoʻlga qoʻyiladi.
2026-yil 1-apreldan muammo va masalalarni kraudsorsing asosida hal qilishning quyidagi tizimi joriy etiladi:
• davlat organlari, tashkilotlari va davlat ishtirokidagi korxonalar oʻz sohasidagi yechim talab qilayotgan muammo va masalalar boʻyicha:
- kraudsorsing elektron platformasida eʼlon joylashtirib, tanlov tashkil qiladi;
- har oyda startap tashabbuskorlari bilan uchrashuvlar (“Startap kuni”) oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring