Oʻzbekistonda eng koʻp kartoshka Samarqandda yetishtirildi

14:34 29 Iyul 2021 Iqtisodiyot
721 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 1 mln. 543,8 ming tonna kartoshka yetishtirildi.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 % ga koʻp.

Yetishtirilgan jami kartoshkaning 92,0 % i dehqon xoʻjaliklari hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

Hududlar kesimida eʼtibor qaratadigan boʻlsak, Samarqand 286,3 ming tonna, Surxondaryo 210,3 ming tonna va Fargʻona viloyati 191,4 ming tonna kartoshka yetishtirish bilan yuqori oʻrinlarni band etgan.

Bu borada Jizzax viloyati 10,4 ming tonna, Sirdaryo 25,8 ming tonna va Qoraqalpogʻiston Respublikasi 26,9 ming tonna bilan kartoshka yetishtirishda eng soʻnggi oʻrinda qayd etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?