O‘zbekistonda eng ko‘p kartoshka hosili qayerda yetishtirilgani ma’lum bo‘ldi
Arxiv foto
2023 yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan qariyb 1,7 mln tonna kartoshka yetishtirilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.
Bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davri bilan solishtirganda 3,3 %ga oshgan.
Kartoshka yetishtirish bo‘yicha hududlar o‘rtasida peshqadamlikni Samarqand viloyati egalladi. Yetishtirilgan kartoshka umumiy hajmining 18,5 % Samarqand viloyati hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Shuningdek, yuqori ulush Surxondaryo (13,5 %), Farg‘ona (12,0 %), Andijon (11,2 %) va Buxoro (10,2 %) viloyatlarida ham qayd etilgan.
Kartoshka yetishtirishning umumiy hajmidagi ulushining eng past ko‘rsatkichlari Jizzax viloyati (0,7 %) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (1,7 %)ga to‘g‘ri kelgani kuzatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring