Oʻzbekistonda davlat tashkilotlari hududlari mavsumiy savdo va ovqatlanish shoxobchalari uchun ijaraga berilishi mumkin
Foto: Arxiv surat
Oʻzbekistonda tadbirkorlar uchun mavsumiy savdo va umumiy ovqatlanish faoliyatini amalga oshirish maqsadida davlat tashkilotlari hududidan foydalanish imkoniyati yaratiladi. Bu haqda Norma xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorga muvofiq, 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab tadbirkorlik subyektlari oʻz bino va inshootlariga tutashgan hududlarni, shu jumladan davlat tashkilotlari va muassasalari doimiy foydalanishida boʻlgan yerlarni ham ijaraga olishlari mumkin boʻladi.
Taʼlim va tibbiyot muassasalari hududlari bundan mustasno.
Ijara qanday shartlar asosida amalga oshiriladi?
— Auksionsiz, toʻgʻridan-toʻgʻri kelishuv orqali (agar yer tadbirkor obyektiga tutashgan boʻlsa);
— Ijara muddati — bir kalendar yili, keyinchalik uzaytirish imkoni bilan;
— Ijara toʻlovi — yer soligʻi stavkasiga nisbatan 3 barobargacha belgilanishi mumkin;
— Barcha shartnomalar elektron tarzda Davlat soliq qoʻmitasi nazoratidagi maxsus tizimda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Qoʻshimcha talablar:
— Barcha mavsumiy shoxobchalar avvaldan tasdiqlangan sxema va arxitekturaviy dizayn-kod asosida joylashtiriladi;
— Kapital qurilish ishlari, tashqi koʻrinishni oʻzgartirish roziliksiz taqiqlanadi;
— Shartlar buzilsa — obyekt demontaj qilinadi, ijara shartnomasi bekor qilinadi.
1-oktyabrgacha mahalliy hokimiyatlar:
— Noqonuniy joylashtirilgan obyektlarni inventarizatsiya qiladi;
— Yer maydonlarini qonuniylashtirish yoki boʻshatish choralarini koʻradi;
— Barcha tasdiqlangan joylashuv sxemalari va dizayn-kodlarni rasmiy saytlarga joylashtiradi.
Shuningdek, ijara toʻlovlarini davlat tashkilotlari va mahalliy byudjetlar oʻrtasida taqsimlash tizimi joriy etiladi. Bu mahalliy hokimiyatlarni tadbirkorlikni rasmiylashtirishda manfaatdor etishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring