O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi eʼlon qilindi

«O‘zgidromet» xizmati dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini elon qildi.
Maʼlum bo‘lishicha, respublikaning barcha hududlarida quruq, shamolsiz va sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Mamlakat bo‘yicha baʼzi joylarda changli g‘ubor bo‘ladi. Havo harorati 3–8 daraja iliqdan ko‘tarilmaydi, noyabr oyi boshi uchun bo‘lgan meʼyoriy qiymatlardan 12–15 daraja past bo‘ladi.
Dam olish kunlari sovuq antitsiklonning taʼsiri asta-sekin kuchsizlanadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi va havo harorati ko‘tariladi. Taʼkidlanishicha, 6 noyabr kuni harorat kechasi 3 daraja sovuq–2 daraja iliq, kunduz kuni 6–11 daraja iliqni tashkil etadi. Shuningdek, 7 noyabr kuni kechasi 0–5 daraja iliqqacha, baʼzi joylarda esa 2 daraja sovuq bo‘lishi mumkin, kunduzi 9–14 darajagacha isiydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring