Oʻzbekistonda dam olish kunlari anomal issiq boʻladi

14:14 04 Iyun 2021 Jamiyat
2064 0

Soʻnggi kunlarda mamlakatimiz hududi boʻyicha yoz faslining boshi uchun meʼyoriy qiymatlardan 7-10° ga yuqori boʻlgan anomal issiq ob-havo kuzatilmoqda. Bu hodisa Eron hududlaridan quruq va issiq havo kirib kelishi bilan bogʻliqdir. Dam olish kunlarida issiq yana kuchayadi, kunduz kunlari havo harorati 40-43° gacha, janubda va choʻl hududlarida baʼzi joylarda 44-46° gacha isiydi, kechalari esa 22-27° atrofida, respublikaning choʻl hududlarida baʼzi joylarda 30° gacha boʻladi, deb xabar berdi “Oʻzgidromet”.

Respublika hududining katta qismida bu yozning eng issiq boshlanishidir. Masalan, Toshkentda ushbu yilgacha iyun oyining birinchi haftasida haroratning mutlaq (absolyut) maksimumi 37-39° dan yuqori boʻlmagan.

Dam olish kunlari respublika boʻyicha shamol baʼzi joylarda changli boʻron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Dam olish kunlari ayrim togʻli hududlarda kechga tomon konvektiv bulutlilik rivojlanishida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?