Oʻzbekistonda cheklab qoʻyilgan axborotlar roʻyxati qayta koʻrib chiqiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.
Farmonga koʻra, Davlat xavfsizlik xizmati Adliya vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi “Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida”gi yangi tahrirdagi qonun loyihasini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlaydi:
cheklab qoʻyilgan axborotlar roʻyxati, undan foydalanish va maʼlumotlarni bunday axborotlar jumlasiga kiritish hamda chiqarish asoslari, muddatlari va tartibi;
cheklab qoʻyilgan axborotlar roʻyxatiga kirmaydigan maʼlumotlarni maxfiylashtirishni taqiqlash;
cheklab qoʻyilishi fuqarolarning shaxsiy xavfsizligiga tahdid soladigan axborotlarning davlat sirlariga kiritilishini man etish;
fuqarolar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning davlat xizmatchilari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar bilan ishda foydalanishga ijozatni rasmiylashtirish shartlari va tartiblari;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi va ilgʻor tendensiyalarni hisobga olgan holda davlat sirlarini saqlashning zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish va takomillashtirish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring