Oʻzbekistonda blogerlar majburiyatlari yengillashtiriladi
Illyustrativ foto
2025-yil 7-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasida onlayn-platformalar foydalanuvchilari huquqlari, sohada yuzaga kelayotgan ijtimoiy munosabatlar, zamonaviy chaqiriqlar muhokamasiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Unda Qonunchilik palatasi deputatlari, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va media sohasi ekspertlari, OAV vakillari ishtirok etdi.
Davra suhbatida Oʻzbekistonda hozir ochiqlik siyosati davrida internet va ijtimoiy tarmoqlar fuqarolarning axborotga boʻlgan ehtiyojini tezkor qondirish, jamiyatdagi dolzarb muammolarni muhokama qilishda muhim vositaga aylanib borayotgani taʼkidlandi. Ushbu sharoitda onlayn-platformalar foydalanuvchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini qonun asosida aniq mustahkamlab qoʻyishning ahamiyati borasida mutaxassislarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Shu munosabat bilan, tadbirda ishtirok etgan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi vakillari tomonidan qator davlat va jamoat tashkilotlari, media-sohasi ekspertlari ishtirokida sohani tartibga soluvchi toʻgʻridan toʻgʻri amal qiladigan yaxlit qonun loyihasi ishlab chiqilganligi maʼlum qilindi.
Bildirilishicha, loyihaning maqsadi – fuqarolarning onlayn-platformalar va veb-saytlardan foydalanish sohasidagi huquqlarini qonun darajasida belgilash, ularni yolgʻon axborot, nafrat uygʻotuvchi, zoʻravonlik va shafqatsizlikni targʻib qiluvchi noqonuniy kontentlardan himoya qilishdan iborat.
Unda onlayn-platformalar sohasidagi amaldagi qonunchilik sezilarli liberallashtirilib, tartibga solishdagi mavjud boʻshliqlarni bartaraf etishga qaratilgan qator normalar nazarda tutilgan boʻlib, ularning qabul qilinishi eng avvalo:
- onlayn-platformalar foydalanuvchilari huquqlarini qonun darajasida mustahkamlash;
- Internet tarmogʻida axborot tarqatish tartiblari borasida huquqiy aniqlik va izchillikni taʼminlash;
- onlayn-platformalar va veb-sayt egalari uchun Oʻzbekistonda faoliyat yuritishning aniq shartlarini belgilash, ularning biznes modellari uchun shart-sharoitlarni aniq prognozlash imkoniyati yaratish;
- axborot sohasi ishtirokchilari, jumladan, onlayn-platformalar, blogerlar, inflyuyenserlar hamda sohani tartibga soluvchi davlat organlari oʻrtasida oʻzaro muloqot va konstruktiv hamkorlik uchun huquqiy asoslarni takomillashtirish;
- internetdan foydalanish xavfsizligi darajasini oshirish, bolalar sogʻligiga xavf soluvchi axborotlardan himoya qilish boʻyicha aniq mexanizmlarni yaratish;
- foydalanuvchilar oʻz shaʼn va qadr-qimmatini kamsituvchi maʼlumotlardan himoyalanish borasida huquqiy kafolatlarga va zarur hollarda vakolatli organning koʻmagidan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Maʼlum qilinishicha, qonun loyihasida inflyuyenser va blogerlar masʼuliyati ajratilib, blogerlar majburiyatlari sezilarli yengillashtirilmoqda.
Davra suhbatida loyiha bilan kiritilayotgan yangi huquqiy institutlar batafsil koʻrib chiqildi va uni jamoatchilik muhokamasi qoʻyish toʻgʻrisida xulosaga kelindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring