Oʻzbekistonda birinchi “Turizm qishlogʻi” tashkil etilmoqda
Foto: "Xalq so'zi"
Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi soʻlim “Kumushkon” MFY hududida Oʻzbekistonda birinchi “Turizm qishlogʻi”ni tashkil etishga doir loyiha ijrosiga kirishildi.
Loyihaga koʻra, mazkur hududda 50 ta mehmon uyi, 20 xonadon negizida etnoqishloq, 20 xonadonni oʻz ichiga oluvchi milliy taomlar qishlogʻi, 15 xonadonni qamrab olgan hunarmandlar qishlogʻi, 10 xonadon jalb qilingan holda, sanʼatkorlar qishlogʻi va 20 xonadonda agroturizm qishlogʻini yaratish koʻzda tutilgan.
Bulardan tashqari, bu yerda zamonaviy mehmonxona, xalq kutubxonasi, yoshlar ijodiyot markazi, xalq oʻyinlari va sport namoyishlari maydonchasi, oʻtovlar shaharchasi, sayyohlar uchun tibbiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, sunʼiy sharsharalar hamda 7 ta mavsumiy dam olish maskani tashkil qilinadi.

Foto: “Xalq soʻzi”
Mazkur loyiha doirasida 450 ta yangi ish oʻrni ochiladi, sayyohlar soni yiliga 250 ming (xorijiy sayyohlar 60 ming) nafarga yetkaziladi. Turizm xizmatlari hajmi esa 50 milliard soʻmga yetkaziladi.
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi Abdulaziz Aqqulov “Turizm qishlogʻi”ning infratuzilma obyektlari faoliyatini yoʻlga qoʻyishda qoʻmita tomonidan yaqindan koʻmak berilishini, turizmning barcha yoʻnalishlarini rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilishini maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring