Oʻzbekistonda bir haftada 37,9 mlrd soʻmlik energiya resurslari oʻgʻirlandi
Foto: “Oʻzenergoinspeksiya”
Soʻngi bir haftada energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar natijasida tizimga 37,9 milliard soʻm zarar yetkazilgan. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr hamda gaz taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda soʻngi bir haftada oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 92 ta holat aniqlangan.
Bunda 15,6 million kVt/soat elektr energiyasi (32,4 milliard soʻm) va 1,8 million metr kub tabiiy gaz (5,4 milliard soʻm) talon-toroj qilingan. Oqibatda 37 milliard 921 million soʻm zarar qayta hisob-kitob qilingan.
Shuningdek, isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarlik boʻyicha 126 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirilgan.
Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring