Oʻzbekistonda ayrim fuqarolar daromad soligʻidan qisman ozod qilishni rejalashtirilmoqda
Xalq farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan ustuvor islohotlarni belgilash maqsadida hukumat tomonidan taʼlim sifatini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Maʼlumotlarga koʻra, 2022-yilda taʼlim sifatini oshirish doirasida:
1-apreldan boshlab farzandlari nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktablarda taʼlim oluvchi ota-onalarni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan 3 million soʻmgacha boʻlgan toʻlovlardan ozod qilish;
Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi loyihalarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Oʻrta taʼlim tizimini zamonaviy talablarga muvofiqlashtirish maqsadida:
umumtaʼlim maktablari darsliklarini yangilash dasturini amalga oshirish uchun 605 milliard soʻm ajratish;
2026-yil oxiriga kelib ularning sonini 1,2 milliontaga yetkazgan holda 141 mingta yangi talabalar oʻrni yaratish;
kasb-hunar oʻrganish istagini bildirgan umumtaʼlim maktablari bitiruvchilarining oʻquvchilarni tayyorlash boʻyicha davlat buyurtmasi asosida kamida bitta kasb-hunar egallashiga davlat tomonidan yordam berish tizimini joriy etish.
Shuningdek, Xalq taʼlimi vazirligiga Moliya vazirligi bilan birgalikda yangi oʻquvchilar oʻrinlarini tashkil etish, oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻrgatish boʻyicha muntazam chora-tadbirlar koʻrish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring