Oʻzbekistonda AI loyihalari uchun 100 mln dollar ajratiladi
Illyustrativ foto
Joriy yilning 30-oktyabr kuni Prezidentning “Sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan loyihalarni qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–320-son qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorni qabul qilishning asosiy maqsadi ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan ustuvor va startap loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirish hisoblanadi.
Qarorga muvofiq, startap loyihalarni moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 2026–2027-yillarda qoʻshimcha 100 million AQSh dollari miqdorida mablagʻ quyidagi maqsadlar uchun ajratilmoqda:
• 50 million AQSh dollari miqdorida mablagʻ begʻaraz asosda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun;
• 50 million AQSh dollari miqdorida mablagʻ teng ulushlarda “Fondlar fondi” va “IT Park Ventures” venchur jamgʻarmalari ustav kapitaliga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ulushi sifatida kiritilishi orqali sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun.
Mazkur mablagʻlar “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan taqsimlanishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring