Oʻzbekistonda aholiga tegishli boʻlgan avtobuslar soni qancha?

12:53 17 Oktyabr 2021 Jamiyat
1323 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan avtobuslar soni 5 711 tani tashkil etgan.

Bu 2020-yilning 1-yanvar holati bilan solishtirilganda 639 taga koʻp.

Soʻnggi 5 yilda aholiga tegishli boʻlgan jami avtobuslar soni:

2016-yil 1-yanvar – 5 831 ta

2017-yil 1-yanvar – 5 415 ta

2018-yil 1-yanvar – 5 629 ta

2019-yil 1-yanvar – 5 869 ta

2020-yil 1-yanvar – 5 072 ta

2021-yil 1-yanvar – 5 711 ta

Oʻzbekistonda aholiga tegishli boʻlgan 2,9 millionta avtotransport vositalari mavjud.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?