Oʻzbekistonda 6 oyda eng koʻp qaysi mashina ishlab chiqarilgani maʼlum boʻldi
Illyustrativ foto
2025-yilning yanvar–iyun oylarida Oʻzbekistondagi yirik korxonalar tomonidan jami 185 622 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, eng koʻp ishlab chiqarilgan avtomobil — “Cobalt” boʻlib, olti oyda 73 102 dona ishlab chiqarilgan. Ikkinchi oʻrinda esa “Damas” turibdi — jami 45 992 dona. Ushbu raqamlar Oʻzbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi barqaror oʻsishda davom etayotganini koʻrsatmoqda. Ayniqsa, “Cobalt” va “Damas” modellari bozorda hali ham yuqori talabga ega ekani yaqqol koʻzga tashlanadi.
Keyingi oʻrinlarda esa quyidagilar qayd etilgan:
“Tracker” — 22 847 dona;
“Onix” — 17 249 dona;
“KIA” — 11 763 dona;
“BYD” — 7 000 dona;
“Chery” — 4 131 dona;
“Haval” — 3 538 dona;
Shuningdek, maxsus yengil avtomobillar soni ham kam emas — 23 351 donani tashkil etdi.
Avvalroq Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga tegishli patrul avtomobili ishtirokida yoʻl-transport hodisasi roʻy bergani toʻgʻrisida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring