Toshkent viloyatida YPX mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga tegishli patrul avtomobili ishtirokida yoʻl-transport hodisasi roʻy berdi. Viloyat IIBB YHXB mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 23-iyul kuni soat 05:00 larda Ohangaron tumani hududidan oʻtgan A373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 39-kilometrida “Gentra” va “Cobalt” rusumli transport vositalari ishtirokida YTH yuz bergan.
Voqea sodir boʻlgan joyga YHXX xodimlari “Lacetti” rusumli xizmat avtomobilida yetib borib, YTHni rasmiylashtirish va ushbu joyda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida patrul avtomobilini mayoqlarini yoqqan holda qatnov qismining oʻng boʻlagiga joylashtirgan.
Shundan soʻng, 2001-yilda tugʻilgan R.A. “HOWO” rusumli yuk avtomobilini “Toshkent-Olmaliq” yoʻnalishida boshqarib kelib, tajribasizligi hamda eʼtiborsizligi tufayli “Lacetti” rusumli patrul avtomobilini yon qismiga borib urilgan.
YHXB xabariga koʻra, har ikkala holatda ham harakat ishtirokchilarining sogʻligʻiga ziyon yetmagan. Hozirda ikkala yoʻl-transport hodisalari yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring