Oʻzbekistonda 2 ta OTMda madaniy meros obyektlarini asrash fakulteti ochiladi

11:31 07 Aprel 2021 Madaniyat
263 0

Bu haqda “Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident qarorida keltirib oʻtilgan.

Unga koʻra, Madaniyat vazirligining moddiy madaniy meros sohasidagi YUNESKO bilan ishlash hamda muzeylar va kutubxonalarni rivojlantirish bilan bogʻliq vazifa va funksiyalari tegishliligicha Turizm va sport vazirligi hamda Madaniy meros agentligiga oʻtkazildi.

Turizm va sport vazirligiga ishga qabul qilish Bosh vazir oʻrinbosari – turizm va sport vaziri tomonidan tegishli davlat organlari tomonidan ilgari amalga oshirilgan kelishuvlarni inobatga olgan holda, mustaqil amalga oshiriladi.

Qarorga koʻra, 2021/2022 oʻquv yilidan:

Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida madaniy meros obyektlarini asrash fakultetlari;

Buxoro arxitektura va qurilish kollejida Madaniy meros obyektlarini asrash yoʻnalishi ochiladi.

Shuningdek, Turizm va sport vazirligi taʼsischiligida “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish direksiyasi” davlat unitar korxonasi tashkil etiladi.

2021-yil davomida moddiy madaniy meros obyektlari, muzey, sport majmualari va boshqa namoyish obyektlarida elektron toʻlov, turniket (lazer-datchikli) va video qayd qilish moslamalarini oʻrnatishni, kirish biletlarini oldindan sotib olishni nazarda tutuvchi yagona markazlashgan elektron tizim joriy etiladi.

2021-yil 1-sentyabrga qadar mazkur tizim namuna sifatida Samarqand shahrida yoʻlga qoʻyiladi.

Bundan tashqari, hududlarda uzoq yillar davomida shakllangan meʼmorchilik maktablarini saqlab qolish va rivojlantirish maqsadida davlat muassasasi shaklida “Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi” va bosqichma-bosqich ravishda uning mintaqaviy restavratsiya markazlari tashkil etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?