Oʻzbekistonda 2-15 MVtgacha boʻlgan gidroagregatlar ishlab chiqariladi

Endilikda quvvati 2-15 MVtgacha boʻlgan gidroagregatlar “Made in Uzbekistan” milliy brendi asosida mahalliylashtirish doirasida Oʻzbekistonda ishlab chiqariladi.
Kecha, 21-fevral kuni “Oʻzbekgidroenergo” AJ katta majlislar zalida Jamiyat hamda Xitoy Xalq Respublikasining “Zhejiang Jinlun Electromechanic Co., Ltd.” kompaniyasi rahbariyati boshchiligidagi delegatsiya vakillari ishtirokida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv oʻtkazildi.
Tadbir doirasida “Oʻzbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Abdugʻani Sanginov hamda XXRning “Zhejiang Jinlun Electromechanic Co., Ltd.” kompaniyasi prezidenti Xe Szyandun tomonidan innovatsion loyihalar asosida lokalizatsiya va mahalliylashtirish dasturi doirasida quvvati 2-15 MVtgacha boʻlgan gidroagregatlarni Oʻzbekistonda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha oʻzaro anglashuv Memorandumi imzolandi.
Mazkur Memorandum doirasida Xitoy Xalq Respublikasining gidroenergetika sohasida 60 yildan ortiq yuqori tajribaga ega boʻlgan Zhejiang Jinlun Electromechanic Co., Ltd.” kompaniyasi bilan izchil hamkorlikda mamlakatimizda Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan quvvati 2-15 MVt gacha boʻlgan gidroagregatlarni ishlab chiqarish faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda.
Mazkur xorijiy kompaniya nafaqat respublikamizning gidroenergetika sohasi uchun gidroagregatlarni ishlab chiqaradi, balki endilikda Oʻzbekiston orqali qoʻshni davlatlar – Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Afgʻoniston va boshqa davlatlar uchun ham gidroagregatlar ishlab chiqariladi.
Mahalliylashtirish borasida gidroagregatlarni ishlab chiqarish boʻyicha Jamiyat tomonidan izchil ishlar amalga oshirilib, mazkur kompaniya vakillari bilan oʻtgan yilning avgust oyidan buyon hamkorlik borasida ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazib kelinmoqda.
Mazkur hujjatga asosan, endilikda “Oʻzbekgidroenergo” AJ Xitoyning Zhejiang Jinlun Electromechanic Co., Ltd.” kompaniyasi bilan hamkorlikda har bir loyiha uchun individual va eksklyuziv boʻlgan gidroagregatlarni loyihalashtiradi. Mazkur gidroagregatlar “Oʻzbekgidroenergo” AJning tizim tashkiloti hisoblangan, Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan “Energoqurilishindustriya” unitar korxonasidagi zavodda ishlab chiqariladi.
Taʼkidlash lozimki, Memorandum hamda tegishli kelishuv doirasida Xitoyning “Zhejiang Jinlun Electromechanic Co., Ltd.” kompaniyasi tomonidan 30 dan ortiq muhandis-injenerlar gidroagregatlarni ishlab chiqarish jarayonida Jamiyat tizimidagi “Energoqurilishindustriya” UK zavodida faoliyatini davom ettiradi.
Aytish lozimki, ushbu amaliy hamkorlik doirasida yuqori innovatsion texnologik qurilmalarning mamlakatimiz gidroenergetika sohasida ilk bor ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyiladi hamda mahalliylashtirish doirasida kelgusi istiqbolda moliyaviy sarf-xarajatlarni iqtisod qilishga, sifatli va zamonaviy standartlarga asoslangan agregatlarni ishlab chiqarilishini oʻzlashtirishga xizmat qiladi.
Pirovard natijada, xususiy sektor vakillari, yaʼni tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilmoqda. GES qurish borasida barcha zaruriy uskunalardan tortib, 2-15 MVtgacha boʻlgan gidroagregatlarni yurtimizdan arzon narxlarda sotib olish imkoniyati yaratilmoqda.
Mazkur amaliy hamkorlik natijasida mamlakatimiz gidroenergetik salohiyati yanada ortadi hamda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish orqali toza va arzon elektr energiya manbaini ishlab chiqarish hajmi keskin oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring