Oʻzbekistonda 13 ming diplomli nomzodning 6 ming nafari bilimi qoniqarsiz boʻlgani uchun ishga kira olmagan

14:02 15 May 2025 Siyosat
122 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekistonda xodimning diplomiga qarab emas, balki bilimi va malakasiga qarab ishga qabul qilish tizimiga oʻtildi. Yangi tizim orqali imtihon qilingan 13 ming nomzoddan 6 mingi bilimi qoniqarsiz boʻlgani uchun ishga kira olmagan. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan maktab taʼlimi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.

Yigʻilishda Prezident sohada mavjud muammolarga toʻxtaldi:

  • Taʼlim dasturlari eng ilgʻor mamlakatlar tajribasiga moslashtirilmoqda, darsliklar yangilanmoqda, maktablarga zamonaviy jihozlar olib berilyapti.
  • Lekin tizimdagi muallimlarning yangi metodikalarni oʻzlashtirishi, taʼlim sifatini taʼminlashi qay darajada ekani savol ostida.
  • Masalan, ikki yil oldin toifa berish tizimi shaffof, raqamlashgan platformaga oʻtgani haqiqiy ahvolni koʻrsatdi.
  • Jumladan, oʻtgan yili 341 ming oʻqituvchi yangi tizim asosida toifaga topshirgan boʻlsa, shundan 102 ming nafari imtihondan oʻta olmagani qayd etildi.
  • Ishga olishda diplomga qarab emas, bilim va malakani baholash tizimiga oʻtildi. Bu yangi tizim orqali imtihon qilingan 13 ming nomzoddan 6 mingi bilimi qoniqarsiz boʻlgani uchun ishga kira olmadi.
  • Yoki 61 ta xususiy oliygohda pedagog-kadrlar oʻqitilayotgani bilan birortasida kimyo, biologiya va fizika boʻyicha muallim tayyorlanmaydi.

Yigʻilishda shuningdek, oʻtgan yili 1,5 mingta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablarning taʼlim dasturi joriy qilingani qayd etildi.

Shundan 300 tasida zamonaviy laboratoriya va oʻquv jihozlari yoʻqligi qayd etildi.

Ikki yil oldin tarmoqlar talabi asosida 289 ta maktabning 10-sinf oʻquvchilariga 60 turdagi kasblarni oʻrgatish boshlandi. Shundan 114 ta maktabga tadbirkorlar biriktirilib, 4 ming oʻquvchi 2 milliondan 5 million soʻmgacha oylik olyapti.

Dehqonobod, Gʻuzor, Kosonsoy, Mingbuloq, Uychi, Guliston, Sardoba, Xovos, Boysun, Denov, Shoʻrchi, Muzrabot, Buvayda, Dangʻara, Hazorasp, Xonqa tumanlari hokimlariga bittadan maktabni ushbu tizimga moslashtirish topshirigʻi berilgan edi.

Lekin, ular kasbga oʻqitish uchun na zarur jihoz, na xom ashyo olib bergani tanqid qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер