Oʻzbekistonda 1 gramm oltin narxi 2 mln soʻmdan oshdi
Videodan kadr
Oʻzbekistonda quyma oltin narxi rekord darajada oshdi. Markaziy bank bugun, 26-yanvar kuni eʼlon qilgan maʼlumotga koʻra, 1 gramm qimmatli metall narxi ilk bor 2 007 200 soʻmga yetgan.
Regulyator maʼlumotlarida keltirilishicha, oltin quymalari qiymati quyidagicha:
• 5 gramm — 10 mln 036 ming soʻm;
• 10 gramm — 20 mln 073 ming soʻm;
• 20 gramm — 40 mln 146 ming soʻm;
• 50 gramm — 100 mln 364 ming soʻm;
• 100 gramm — 200 mln 728 ming soʻm.
Aytish joiz, Markaziy bank 5-yanvar kunidan eʼtiboran ilk bor oltin quymalarini qaytarib sotib olish narxlarini eʼlon qilishni boshladi. Unga koʻra, 5 gramm oltin quymasini sotish narxi 8 mln 735 ming soʻm boʻlgandi. Narxlar esa qadogʻi butligi yoki buzilganiga qarab farqlanadi.

Xalqaro qimmatbaho metallar bozori konyunkturasidan kelib chiqib, Markaziy bank tomonidan narxlar kun davomida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring