Oʻzbekiston jahonga deyarli 54 million AQSH dollarlik mayiz eksport qildi
Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar-may oylarida 53,6 million AQSH dollari qiymatida 40 364 tonna quritilgan uzum (mayiz) eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning dastlabki besh oyida Oʻzbekiston mayizni asosan Xitoy, Qozogʻiston, Rossiya, Turkiya va Iroq kabi davlatlarga eksport qilgan.
Xususan, Xitoyga 9 851 tonna, Qozogʻistonga 8 878 tonna, Rossiyaga 3 023 tonna, Turkiyaga 2 111 tonna va Iroqqa 1 546 tonna quritilgan uzum yetkazib berilgan.
Shuningdek, boshqa bir qator davlatlarga ham jami 14 955 tonna quritilgan uzum eksport qilingan.
Eslatib oʻtamiz, quritilgan uzum Oʻzbekistonning anʼanaviy eksport mahsulotlaridan biri boʻlib, uning tashqi bozordagi ulushi yildan-yilga oshib bormoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Oʻzbekistonga nechta davlatdan turistlar kelayotgani ochiqlandi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring