Oʻzbekiston yoshlari eʼtirof etilmoqda

17:17 11 Aprel 2025 Jamiyat
393 0

Shoira ESHBOYEVA/“Xalq soʻzi”. Shu kunlarda yurtimiz koʻplab xalqaro tadbirlarga mezbonlik qilmoqda. Shunday xalqaro tadbirlardan biri poytaxtimizda boʻlib oʻtayotgan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasidir. Unda 140 ga yaqin davlatdan 105 nafar parlament yetakchilari, 2 mingdan ortiq parlament aʼzolari va 50 ta xalqaro tashkilot delegatlari ishtirok etdi.

Nufuzli tadbir doirasida tadbir qatnashchilari Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti sogʻliq xavfsizligi departamenti direktori Dr. Stella Chungong Agentlik direktori A.Saʼdullayev hamrohligida poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyi majmuasiga tashrif buyurdi. Xorijiy mehmonlar yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, ommabop loyihalar bilan yaqindan tanishib, ushbu tashabbuslarni iliq fikrlar bilan eʼtirof etdi.

— Men Oʻzbekiston yoshlarini jahon miqyosida erishayotgan yutuqlarini kuzatib boraman, — deydi Martin Chungong. — Yurtingizdagi yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan loyiha va tashabbuslar alohida eʼtirofga loyiq. Albatta, bunday ishlar kelajakda oʻz mevasini beradi.

Uchrashuv davomida janob Martin Chungong “Kulolchilik akademiyasi”ga ham tashrif buyurib, yoshlar bilan birga amaliyot mashgʻulotlarida ishtirok etdi va mamlakatimizda milliy sanʼatlar izchil davom ettirilayotganidan mamnunligini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?