Oʻzbekiston – Yaponiya oʻyiniga oʻzbekistonlik muxlislar kiritilmaydi — OFK

07:17 15 Iyun 2022 Sport
748 0

Foto: Illustrativ foto

Oʻzbekiston – Yaponiya oʻyiniga oʻzbekistonlik muxlislar kiritilmaydi. Oʻzbekiston – Iroq oʻyinidagi toshboʻron sabab OFK jazo choralarini eʼlon qildi.

Osiyo kubogi U23 yarimfinali doirasidagi Oʻzbekiston – Yaponiya bahsiga oʻzbekistonlik tomoshabinlar kiritilmaydi. Yaponiyalik 500 nafar muxlis esa stadionga kirishi mumkin boʻladi.

Shuningdek, Oʻzbekiston – Iroq uchrashuvida stadionda xavfsizlik yetarlicha taʼminlanmagani va OFK talablari bajarilmagani sababli OʻFA 50 ming AQSH dollari miqdorida jarimaga tortiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?