Oʻzbekiston yanvar-iyul oylarida 3,1 million dollarlik gaz plitasi eksport qildi
2025-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 10 ta xorijiy davlatga qiymati 3,1 million AQSH dollariga teng boʻlgan 35,9 ming dona gaz plita eksport qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.
Unda aytilishicha, 2025-yilning 7 oyi mobaynida Oʻzbekiston eng koʻp gaz plita eksport qilgan davlatlar roʻyxatida Qozogʻiston peshqadamlik qilmoqda. Mamlakat joriy yilning ortda qolgan vaqti davomida 18,8 ming dona gaz plita xarid qilgan.
Undan keyingi oʻrinlarda 9,3 ming dona gaz plita sotib olgan Tojikiston ikkinchi, 2,6 ming dona koʻrsatkich bilan Rossiya uchinchi pogʻonada qayd etilgan.
Bundan tashqari, yanvar-iyul oylari davomida Qirgʻiz respublikasiga 1,8 ming dona gaz plitasi eksport qilingan. Qolgan 3,4 ming dona gaz plitalari boshqa davlatlar hissasiga toʻgʻri keladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring