Oʻzbekiston yangi OTM tashkil etildi

15:33 06 Aprel 2021 Madaniyat
580 0

Hukumat qarori bilan Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali tashkil etildi.

Filial Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.

Milliy musiqa sanʼati sohasida yuqori malakali bakalavr va magistrlarni, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib borish salohiyatiga ega boʻlgan ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash Filialning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Filialda oʻquv jarayoni 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi.

Filialga talabalarni bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha qabul qilish koʻrsatkichlari har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan OTMga oʻqishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.

Filialning 2021/2022 oʻquv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha qabul jarayoni va ijodiy imtihonlari Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?