Oʻzbekiston Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasiga qoʻshildi
Joriy yilning 26-sentyabr kuni Oʻzbekiston Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi (Vena, 1963-yil 21-may)ga qoʻshildi. Tegishli qonun Prezident tomonidan imzolangan.
Xalqaro konvensiyaga qoʻshilish natijasida fuqarolik yadro obyektlarida sodir boʻlgan hodisalar oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik rejimi, zararni qoplash tartibi, muddatlari va tamoyillarini belgilaydigan asosiy normalar Oʻzbekiston uchun ham tatbiq etiladi.
Vena konvensiyasiga qoʻshilish zararni qoplashning xalqaro miqyosda tan olingan huquqiy mexanizmlarini taʼminlab, jabrlanuvchilarni himoya qilishni kuchaytiradi, yadroviy qurilmalar operatorining aniq majburiyatlarini belgilaydi va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun ishonchli moliyaviy kafolatlarni yaratadi.
Bu esa milliy yadro xavfsizligi tizimiga ishonchni oshiradi, xalqaro hamkorlikni mustahkamlaydi va yadroviy javobgarlik sohasidagi zamonaviy standartlarga rioya etilishini taʼminlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring