O‘zbekiston vakili Niderlandiyada trampolin bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon kubogida kumush medalga sazovor bo‘ldi
Shu yilning 13-14-mart kunlari Niderlandiyaning Alkmar shahrida trampolin bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Milliy Olimpiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Musobaqada hamyurtimiz Mirshohid Hasanboyev kumush medalga egalik qildi. Mirshohidning final dasturidagi chiqishi 57.095 ball bilan baholandi. Qayd etish joiz, bu mazkur sport turida Jahon kuboklarida yigitlarimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan dastlabki medal bo‘ldi. Bungacha yurtdoshlarimizdan "Pekin-2008" yozgi Olimpiya o‘yinlari sovrindori Yekaterina Xilko va Anna Savkina Jahon kubogida shohsupaga ko‘tarilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring