Oʻzbekiston va Turkmaniston toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni tiklashga kelishib oldi
Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar qayta yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov “Oʻzbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.
Maʼlumot oʻrnida, kecha Turkmanistonning “Avaza” sayyohlik hududida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Muzokaralar yakunlariga koʻra qator hujjatlar imzolandi. Jumladan, Ilhom Mahkamov va “Türkmenhowaýollary” raisi Dovran Saburov fuqarolik aviatsiyasi sohasida hamkorlikni rivojlantirishga oid protokolga qoʻl qoʻydi.
“Hozircha Turkmaniston bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar yoʻq. Biz hujjatni imzoladik va yaqin vaqtlarda ikki davlat oʻrtasida bevosita reyslarni yoʻlga qoʻyish imkoniyati paydo boʻladi”, — dedi Ilhom Mahkamov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring