Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar
30-dekabr kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bir-birini va qardosh xalqlarimizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan samimiy qutlab, sihat-salomatlik, baxt-saodat, farovonlik, tinchlik va ravnaq tiladilar.
Oʻzbekiston bilan Turkmaniston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Oʻzaro tovar ayirboshlashning jadal surʼatlar bilan oʻsib, energetika, transport, sanoat, qishloq va suv xoʻjaligi sohalarida kooperatsiya kengayib borayotgani, idoralararo va hududlararo aloqalar, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Davlatimiz rahbari bu yil shoir va mutafakkir Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300-yilligi munosabati bilan yuksak saviyada oʻtkazilgan xalqaro tadbirlarga alohida toʻxtaldi. Oʻzbek va turkman kinoijodkorlari tomonidan badiiy film suratga olingani, bir qator qoʻshma tadbirlar oʻtkazilgani taʼkidlandi.
Suhbat chogʻida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvining navbatdagi yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrish nuqtayi nazaridan mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari boʻlajak tadbirlar rejasini ham koʻrib chiqdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring