Oʻzbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlarining ikki tomonlama muzokaralari hamda Strategik rejalashtirish guruhining ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Foto: Hasan Paydoyev("Xalq so'zi")
Bugun Toshkent shahrida Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu uchrashuvi hamda ikki mamlakat TIV rahbarlari boshchiligida Strategik rejalashtirish guruhining ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Tashqi ishlar vazirligi maʼlumotiga koʻra, muzokaralar chogʻida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, investitsiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar 2020-yil fevral oyida Anqara shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻanning uchrashuv va muzokaralari chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Boʻlajak qoʻshma tadbirlarga, xususan, oliy darajadagi Oʻzbekiston —Turkiya strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yigʻilishiga tayyorgarlikning tashkiliy masalalari koʻrib chiqildi.
Parlamentlararo muloqotni mustahkamlash, ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish va hududlararo hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha fikr almashildi.
BMT, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va boshqa koʻp tomonlama tuzilmalar doirasidagi aloqalarni yana-da faollashtirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi maʼlum qilindi.
Ilmiy-taʼlim sohasidagi sheriklikni kengaytirish masalalariga, jumladan, Oʻzbekistonda Baxcheshehir universiteti filialini ochish, shuningdek, Xoʻja Bayram Vali nomidagi universitet bilan birgalikda Fargʻona oliy turizm maktabini tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Turkiya tomoni “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya, “Sharq taronalari”, baxshichilik sanʼati, hunarmandlar xalqaro festivallari va boshqa tadbirlarga taklif qilindi.
Shuningdek, tadbirda xalqaro va mintaqaviy kun tartibining ayrim masalalari ham koʻrib chiqildi.
* * *
Strategik rejalashtirish guruhi yigʻilishi yakunlangach, ikki mamlakat tashqi siyosiy idoralari rahbarlari Oʻzbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2022-2023-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi va tarjima xizmatlari sohasida oʻzaro anglashuv Memorandumini imzoladi.
Hasan PAYDOYEV(“Xalq soʻzi”) olgan suratlar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Samarqand viloyat sobiq DSB boshligʻi qariyb 20 yildan soʻng oqlandi
- “Bu yerda 3ta opa turibdi. Nima qilay? Yoʻqot!” Prokuratura xodimining suhbati ekanligi aytilgan audioyozuv boʻyicha bayonot berildi
- Jizzaxda maktab oʻquvchisini zoʻrlagan oʻgʻri qoʻlga olindi
- Shifokorlarning beparvoligi tufayli tanasida 50 sm katetr sim qolib ketgan 63 yoshli bemor vafot etdi
- “Temir daftar”dan chiqarishning antiqa usuli
- Internet orqali behayo qiliqlar qilib, qizlarning shaʼnini bulgʻagan navoiylik yigitlar qoʻlga olindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring