Oʻzbekiston va Slovakiya parlamentlararo guruhlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 12-dekabr kuni “Oʻzbekiston-Slovakiya” va “Slovakiya-Oʻzbekiston” parlamentlararo hamkorlik guruhlari aʼzolarining onlayn shaklda uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv chogʻida ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni yanada mustahkamlash, parlamentlararo muloqotni kengaytirish va hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Muloqot davomida parlamentlararo hamkorlik borasida takliflar bildirildi.
Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi Slovakiya Milliy Kengashi bilan qonunchilik faoliyati, siyosiy, huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni huquqiy taʼminlash, shuningdek, davlat va iqtisodiy rivojlanishning turli sohalarida huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha hamkorlik olib borish hamda tashriflar va tajriba almashish kabilar shular jumlasidan.
Uchrashuv soʻnggida bunday uchrashuvlarning muntazam oʻtkazib borishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Inson hayotidagi bosqichli davrlar. Qarish jarayoni bir tekis kechmasligi maʼlum boʻldi
- Ostonadagi kinoteatrda yirik yongʻin yuz berdi (+video)
- Tailand va Kambodja oʻrtasida toʻqnashuvlar avj oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring