Oʻzbekiston va Singapur savdo va sanoat sohasidagi hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda

17:30 16 Yanvar 2023 Siyosat
792 0

Joriy yilning 16-yanvar kuni Oʻzbekiston delegatsiyasining Singapurga tashrifi doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov ushbu mamlakat savdo va sanoat vaziri Gan Kim Yong bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Muloqot chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Singapurga boʻlajak davlat tashrifining tarixiy ahamiyati taʼkidlandi.

Shu kunlarda roʻy berayotgan voqealar mamlakatlarimiz oʻrtasidagi sheriklikni barcha sohalarda yanada chuqurlashtirishga kuchli turtki boʻlib, Oʻzbekiston – Singapur munosabatlari tarixida mutlaqo yangi sahifa ochadi, — dedi Gan Kim Yong.

Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda iqtisodiy sohada tub oʻzgarishlar roʻy berdi. Bu Singapur kompaniyalariga Oʻzbekiston bozoriga erkin kirib, faol tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish imkoniyatini yaratdi. Shu munosabat bilan, ularning muvaffaqiyati boshqa investorlarni ham ushbu harakatga jalb qilinganligi taʼkidlandi.

Shu kuni ertalab biznes-forum boʻlib oʻtdi, unda ikki mamlakatning yetakchi ishbilarmon doiralarining 200 dan ortiq vakillari ishtirok etdi. Tadbir doirasida ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning keng koʻlamli ustuvor yoʻnalishlarini qamrab oluvchi 23 ta ikki tomonlama bitimlar roʻyxati imzolandi. Bunday boy natijalar Singapur ishbilarmon doiralarining deyarli barcha tarmoqlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishga katta qiziqish bildirayotganidan dalolat beradi.

Biz iloji boricha koʻproq korxonalar Oʻzbekistoning va uning ulkan salohiyatini haqida bilishini istaymiz. Buning uchun mamlakatingizga yangi investorlarni jalb etishda doimiy yordam koʻrsatishga tayyormiz. Shuningdek, biz Oʻzbekiston tovarlarining Janubi-Sharqiy Osiyo va butun Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bozorlariga chiqishi uchun koʻprik boʻla olamiz, — dedi Singapur savdo va sanoat vaziri.

Uchrashuvdan soʻng hujjatlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. Shu tariqa, davlat tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bilan Singapur Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha hukumatlararo memorandum imzolandi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston-Singapur Savdo-sanoat palatasini tashkil etish va biznes-inkubatorlarni rivojlantirish boʻyicha Singapur tajribasini Oʻzbekistonga jalb etishni belgilovchi qator kelishuvlar qabul qilish masalasi kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер