Oʻzbekiston va Rossiya TIV rahbarlari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi
Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram
Bugun, 27-sentyabr kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda Saidov oʻz Telegram kanalida xabar qildi.
Bildirilishicha, uchrashuvda strategik sheriklikning dolzarb mavzulari, shuningdek, boʻlajak oliy va yuqori darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan atroflicha suhbat oʻtkazilgan.
Shuningdek, uchrashuvda davlatlar bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga amal qilish muhimligini taʼkidlangan. “Biz ittifoqchilik ruhidagi doimiy muloqotimizni davom ettirishga kelishib oldik”, TIV rahbar.
Gap shundaki, joriy yilning 23-sentyabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi 188-maktabda rus tili fani darsida oʻqituvchi 6-sinf oʻquvchisini kaltakladi. Bu haqdagi xabarlar OAVda yoritilishi fonida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova holat boʻyicha Oʻzbekistondan tushuntirish soʻralganini aytib chiqdi.
Zaxarova video mazmunidan “nihoyatda tashvishlangani”ni bildirib, mazkur hodisa yuzasidan Moskva Toshkentdan tushuntirish soʻraganini taʼkidladi.
“Ikki davlat oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan doʻstona munosabatlarda hech qanday adovatga, ayniqsa, til masalasida oʻrin yoʻq va boʻlishi ham mumkin emas”, dedi u.
Bunga Milliy tiklanish partiyasi raisi, Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari Alisher Qodirov munosabat bildirib, Rossiya oʻz ichki ishi bilan shugʻullanishi toʻgʻri boʻlishini taʼkidladi.
Uning qayd etishicha, bola huquqi Oʻzbekistonning maktabida, Oʻzbekiston fuqarosining bolasiga nisbatan buzildi va chorasi Oʻzbekiston xalqi nomidan qabul qilingan qonunlar asosida koʻriladi.
“Bizni ichki ishlarimiz haqida bosh qotirguncha muammolarga toʻla oʻzlarining ishlari bilan shugʻullanishsa, toʻgʻri boʻlar edi. Tekis joyda toʻpolondan foyda chiqmasligini tushunib yetishdi degan xulosaga ertaroq shekilli”, dedi Qodirov.
Shuningdek, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxoʻja ham Zaxarovaning soʻzlariga munosabat bildirar ekan, Rossiya Oʻzbekistonning ichki ishlariga aralashishga haqli emas ekanligini qayd etdi.
“Oʻzbekiston – mustaqil suveren davlat. Va oʻzining ichki ishlariga tashqaridan aralashuvni qabul qilmaydi. Zero Rossiyaning oʻzida hal qilinmagan ichki muammolari yetarlicha”, deydi OʻzJoku rektori.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring