Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida harbiy sohadagi strategik hamkorlik dasturi imzolandi
Bugun, 22-yanvar kuni Oʻzbekiston mudofaa vaziri general mayor Shuhrat Xolmuhamedov rasmiy tashrif bilan kelgan Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov bilan uchrashdi.
Mudofaa vazirligi markaziy apparatida oʻtkazilgan ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvida general mayor Shuhrat Xolmuhamedov delegatsiya aʼzolarini Oʻzbekistonga uyushtirgan tashrifi bilan qutlab, Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida koʻplab sohalarda olib borilayotgan hamkorlik ishlari aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilayotganini taʼkidladi.
Delegatsiya rahbari bilan Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligining mudofaa sohasidagi bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv soʻngida mudofaa vazirlari tomonidan Rossiya va Oʻzbekiston mudofaa vazirliklari oʻrtasidagi 2025-yil uchun hamkorlik rejasi hamda Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida 2026-2030-yillarga moʻljallangan harbiy sohadagi strategik hamkorlik dasturi imzolandi.
Rasmiy qabuldan soʻng Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Andrey Belousov boshchiligidagi harbiy delegatsiya vakillari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring