Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Qozogʻistonga 600 mln kub metr suv yetkazib beradi
Foto: Arxiv surat
Joriy yilda Qozogʻistonning janubidagi sugʻorish uchun suv tanqisligi keskinlashgani bois Oʻzbekiston va Qirgʻiziston qoʻshni davlatga 600 million kub metr suv yoʻnaltiradi. Bu haqda Qozogʻiston Bosh vaziri oʻrinbosari Qanat Bozumbayev maʼlum qildi.
Uning aytishicha, hozirgi suv taʼminoti boʻyicha vaziyat zudlik bilan chora koʻrishni talab etmoqda. Ilgari erishilgan uch tomonlama kelishuvlar tufayli Qozogʻiston dehqonchilik ehtiyojlarini qondirish uchun zarur miqdorda suv bilan taʼminlanadi.
Qozogʻiston rasmiylari Oʻzbekiston va Qirgʻiziston vakillari bilan muzokaralar oʻtkazgan.
Bozumbayevning taʼkidlashicha, 2025-yilda Markaziy Osiyoda iqlimiy sharoit ogʻir kechmoqda — suv kamaygan, yozda harorat yuqori, yogʻingarchilik yetarli emas. Bu holat suv sarfini oshirgan, ammo uning kirib kelishi kamaygan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring